Izoh.uz saytida uloq so‘zining izohi va ma’nolari

uloq

1. 1 ot Ulanadigan narsa.

  1. Uloq solmoq. Arqonning ulogʻini olib tashlamoq.

  2. Yirtigʻingizga yamoq, uzugʻingizga uloq tegmay yurardingiz, — dedi Nafisa eriga. Shuhrat, Jannat qidirganlar

2. sft. Turli yoʻl bilan (bogʻlash, tikish, yelimlash, kavsharlash, mixlash va shu kabilar bilan) oʻzaro tutashtirib, mahkamlab biriktirib qoʻyilgan, ulangan bir necha boʻlakdan iborat, yaxlit emas.

  1. Uloq arqon. Uloq dasturxon. Uloq sim. Uloq tunuka.

  2. Boy bobomning qizlari, Sochi uloqqa oʻxshaydi. Oq olma, qizil olma

3. ot Narsaning boʻlaklari oʻzaro ulanganda hosil boʻlgan tuguni yoki choki, ulangan joyi.

  1. Arqonning ulogʻi. Pardaning ulogʻi. Elektr simining ulogʻi. Tunukaning ulogʻi.

1. Echki bolasi.

  1. Hozir yuzlab mayin junli qoʻzi va uloqqa egamiz. S. Anorboyev, Oqsoy

  2. Koʻz oldimga koʻm-koʻk oʻtloqlar oʻtlab yurgan jajji uloqlar, barra qoʻzichoqlar keladi. N. Fozilov, Qush qanoti bilan

2. Har bir otliq oʻrtaga soʻyib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroq buzoqni) bir-biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan iborat milliy sport oʻyini; koʻpkari.

  1. Ot boqqaning — uloqqa, Qoʻy boqqaning — qoʻnoqqa. Maqol

  2. Uloqda otdan yiqilib boshi yorilgan, qoʻl-oyogʻi singan chavandozlar inqillashib yotmoqda. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

  3. Himmatning zvenosidagi yigitlarning ikkitasi front koʻrgan qolganlari uloqlarda sovrin olgan yigitlar edilar. M. Muhamedov, Qahramon izidan

3. Shunday sport musobaqasida oʻrtaga tikilgan — soʻyib tashlangan echki yoki buzoq.

  1. [Qambar:] Uloq olish uchun chavandoz boʻlish kerak, ukam Obidjon. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Ana, bir otliq boshsiz uloqni taqimiga bosib, toʻyxonadan chiqdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi

uloq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Uloq bermoq

1. Uloqda chopiladigan, oʻrtadan olib, marraga yetkazib tashlanadigan echki, buzoq kabini bermoq.
  1. Har kun ikki yuz qozon osh damlanar ikki yuzlab uloq berilar, mamlakatdan toʻyga keluvchi aʼyonga har kun minglab toʻn kiydirilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Uloq oʻyinini tashkil qilmoq, oʻtkazmoq.
  1. Uloq bergan kishi sovrin ham beradi-da. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Ruxsatsiz uloq bergan kishiga jarima solinur. Mushtum

Uloq chopmoq

Uloq oʻyinida qatnashmoq.
  1. Dadam Mahkamning bobosining uloq chopishini gapiraversa, kishi hayron qoladi. A. Qodiriy, Uloqda

Uloq qilmoq

Biridan biri olib, olib qochib oʻyin qilmoq, uloq kabi oʻyin qilmoq.
  1. Tagʻin ehtiyot boʻl, qoʻrboshilar oʻgʻirlab ketib, uloq qilmasin. Oydin, Hikoyalar

Uloqni olmoq

Uloqda, umuman, musobaqada gʻolib chiqmoq, gʻalaba qilmoq.
  1. Bu safar uloqni mehmonlar olishdi.

  2. Andijon, Surxondaryo uloqni olib, Xorazm, Qashqadaryo quvlashib borib A. Poʻlat, Tasadduq


ULOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

УЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
9465
So‘zning teskari yozilishi
qolu
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
3
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

uloq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, uloq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+