Izoh.uz saytida ulugʻ so‘zining izohi va ma’nolari

ulugʻ

1. Egallagan oʻrni, hajmi gʻoyat yirik; juda katta, ulkan, buyuk.

  1. Keltirganlar ikkisin bogʻlab, Tashlaganlar ulugʻ daryoga. Gʻayratiy

  2. Xotin asl oʻrdaning ulugʻ, muhtasham darvozasiga yaqinlashgandan keyin oʻngdagi ayri yoʻlga burildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  3. Shu kecha yoʻl tortdi choshkada [choshgohda] ulugʻ bir toqqa yetdi. Hasanxon

2. Kuch-qudrat, imkoniyat va shu kabilar jihatdan juda katta imkoniyatlarga eta; qudratli.

  1. Shayboniyxon markazlashgan ulugʻ bir davlat tuzishga intilar ekan qoʻl ostidagi odamlarning ixlos va eʼtiqodini ham qozonishga alohida eʼtibor berar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. Qadr-qiymati, ahamiyati va shu kabilar jihatidan yuqori darajali; buyuk.

  1. Bizning jamiyatda inson qadr-qimmati har narsadan ulugʻ. Gazetadan

  2. Shoir uchun bu olamda muxlisning ehtiromidan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. Gazetadan

  3. Insondagi eng ulugʻ fazilatlardan biri kamtarlik va oddiylikdir. Gazetadan

4. Salmogʻi, koʻlami, ahamiyati yuqori boʻlgan; muhim.

  1. Saidqosim ulugʻ ishlarni amalga oshiruvchilardan boʻlgani uchun quvonardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  2. Biz katta ishlar, ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. Gazetadan

5. Oʻz qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmat-eʼtibor qozongan; buyuk.

  1. Qadimgi yunon mulkida oʻtgan donishmand, handasa ilmiga asos solgan, yer oʻlchashni oʻrgatgan ulugʻ olim [Yevklid]. M. Osim, Ibn Sino qissasi

  2. Ulugʻ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda. Gazetadan

6. Shunday ulugʻlikni qayd etuvchi soʻz sifatida shaxs bildiruvchi soʻzlarga qoʻshib ishlatiladi.

  1. Ulugʻ amir. Ulugʻ Alisher,

  2. Ishqilib, xudoyi taolo ulugʻ sultonni panohi-da asrasin Mirmuhsin, Meʼmor

  3. Bobur suratga [Navoiy suratiga] qarab turib, oʻzicha soʻradi: Ulugʻ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam sheʼriyat tilsimini ochgʻuchi kalit berurmisiz? P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  4. Demak, Nizomiddin bu nihoyatda xavfli toʻdaga mansub, ulugʻ hazrat joniga qasd qilganlar orasida bor Mirmuhsin, Meʼmor

7. Rahbar, boshliq.

  1. Ilgarilari Boʻtaboyni, ulugʻimiz, deb yuradigan kishilar uni koʻrganda, beting qursin, deb oʻtib ketadigan boʻlib qolishdi. S. Ahmad, Hukm

  2. Soʻz soʻzlasa, durri gavhar sochilar. Oʻrozali yurtimizning ulugʻi Yodgor

  3. Iya, iya, ulugʻ, Siz ham shu gapni aytdingizmi. S. Ahmad, Hukm

8. Ulugʻ (erkaklar va xotin-qizlar ismi).


ULUGʻ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

УЛУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
9484
So‘zning teskari yozilishi
ʻgulu
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
1
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ulugʻ so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ulugʻ so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+