Izoh.uz saytida xalq so‘zining izohi va ma’nolari

xalq

1. Odamlar.

  1. Xalqqa xizmat — oliy himmat. Maqol

  2. Toʻyingizga yigʻilibdi butun el, Xalq kelmoqda toʻyga oqib goʻyo sel. H. Olimjon

  3. Bu xushovoz xonanda, yigirma yildan oshdiki, xalqning nazaridan qolmay dillarimizni yayratib kelmoqda. S. Ahmad, Yulduz

2. Tarixiy birlikning turli shakllari; qabila, elat, millat.

  1. Oʻzbek xalqi Navoiy, Bobur, Lutfiy kabi buyuk donishmand shoirlarning asarlarini oʻqigan. Shukrullo, Saylanma

  2. Turkiy xalqlar yillarni 12 muchaldan tashqari, 60 yillik davrlar bilan ham hisoblashgan. Fan va turmush

3. Muayyan joy aholisi.

  1. Oʻzbekiston xalqi. Qishloq xalqi. Shahar xalqi.

  2. Filippin orollarida yashovchi xalqlarning eng sevimli noyob taomi mitti baliqlardir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

4. Biror joyga toʻplangan odamlar; xaloyiq, olomon.

  1. Tovushga qoʻyishda xalq bir ogʻizdan qoʻl koʻtaradi, orqasidan bir necha daqiqagacha olqish davom etadi. A. Qodiriy, Kichik asarlar

5. Kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsni bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, oʻsha kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiradi.

  1. Shoir xalqi.

  2. Polvon xalqi yengilgan raqibini belidan olib, koʻtarib qoʻyadi. S. Ahmad, Ufq

  3. Ayol xalqi uydan quruq ketmaydi, Nima lozim mehmonlarga, taqsirjon. Gulnorpari

6. Umum (aholi, odamlar) ga aloqadorlikni, umum tomonidan eʼtirof etilganlikni ifodalovchi soʻz sifatida baʼzi muassasalar, lavozim va unvonlar nomlari tarkibida qoʻllanadi.

  1. Xalq maorifi. Xalq taʼlimi. Xalq sudi. Xalq deputati. Oʻzbekiston xalq shoiri. Oʻzbekiston xalq artisti.

xalq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yerli xalq

Muayyan joyning tub aholisi, mahalliy xalq.
  1. Chor hukumati, yerli xalq oʻz erkini himoya qilib chiqqanda, ularni ottirdi B. Ahmedov, Tarixdan saboqlar

  2. Xalq ijodi har qanday yozuvchi uchun katta maktabdir.


XALQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ХАЛҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
10407
So‘zning teskari yozilishi
qlax
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

xalq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, xalq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+