Izoh.uz saytida xat so‘zining izohi va ma’nolari

xat

1. Yozuv, yozilgan, chizilgan yoki oʻyib tushirilgan belgilar; matn.

  1. Olim toshga oʻyilgan qadimiy xatni oʻqishga urindi.

  2. Xat kichikroq qogʻozda oʻlchovlik soʻzlardan iborat edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

2. Yozuvda ishlatiladigan grafik belgilar; harflar tizimi.

  1. Arabcha xat. Lotin xatini oʻrganmoq.

3. Biror xabar berish yoki fikr almashish maqsadida aniq manzilga asosan pochta orqali yuboriladigan, matn yozilgan qogʻoz.

  1. Bir kuni pochtalon Ashurali otaga xat tutqazdi: — Oʻgʻlingiz Kimsanboydan. T. Ashurov, Oq ot

4. Harflarni yozishdagi oʻziga xos uslub, koʻrinish, yozuv xili.

  1. Uning xati xunuk.

  2. [Asar] Juda sifatli novvotrang qogʻozga nastaʼliq xatida koʻchirilgan. UTA

5. Savod; harf tanish.

  1. [Imom:] Toʻgʻrisini aytsak, xatimiz yoʻq hisobida! Hamza, Boy ila xizmatchi

  2. Usta Moʻmin, rahmatlik, xat bilar edi, kitob koʻrib, bolaning otini Yodgor qoʻydi. A. Qahhor, Asror bobo

6. Rasmiy qogʻoz, hujjat.

  1. Bunga tashkilotlar va shaxslar oʻrtasidagi rasmiy ishga taalluqli boʻlgan xatlar, yozishmalar kiradi. OʻTA

7. Satr, misra.

  1. Bilish uchun har qaysi sheʼrdan bir-ikki xat oʻqib koʻrish kerak edi. A. Qahhor, Sarob

xat soʻzi qatnashgan jumlalar:

Taloq xati

Er-xotinning bir-biridan ajralishi haqidagi rasmiy qogʻoz, hujjat.
  1. Bir necha vaqtdan soʻng Homidning soxta taloq xati bilan eridan chiqqan qiz Komilbekka beriladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Xat tortmoq

1. Chiziq tortmoq, chizmoq;
2. Koʻchma chek qoʻymoq, yoʻq qilmoq, daf qilmoq.
  1. Bu zolimning jabriga xudo oʻzi xat tortmasa, bandasi nevlaydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz

Xat qilib bermoq

Oʻz mulkini birovga qonuniy yoʻl bilan rasmiylashtirib bermoq, topshirmoq.
  1. Uyimni internatga xat qilib berdim.

  2. Siz boylarning yer-mulklarini musodara qizish vaqtida eng yaxshi yerlarni ularning oʻzlariga xat qilib bergansiz. H. Gʻulom, Mashʼal

Xatga olmoq (yoki solmoq, bitmoq)

Roʻyxatga kiritmoq.
  1. Mulkni xatga olmoq.

  2. Bu uydagi hamma narsa xatga olingandan keyin, tashqariga chiqildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Xatga tushmoq

Roʻyxatga kiritilmoq.
  1. Xatga tushding — oʻtga tushding. Maqol

Yumaloq (yoki dumaloq) xat

s. t. ayn. Imzosiz xat
  1. Kolxoz jun planini pul bilan toʻldirdi, degan mazmunda raykomga dumaloq xat yozib yubordi. A. Koʻchimov, Halqa


XAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ХАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
10519
So‘zning teskari yozilishi
tax
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
4
Google Яндекс Bing
xat so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, xat so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+