Izoh.uz saytida xun so‘zining izohi va ma’nolari

xun

1. ayn. Qon.

  1. Ming jafo birlan ezib qalbimni, toʻkdilar xunim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Daryo boʻlib oqdi daryoda xunlar, Doʻzax olovida bamisli dunyo. E. Vohidov

  3. — Har kim shahid — oʻz xuniga boʻyalar, El-u xalqqa ozor berma, Avazjon, — dedi Qulmaloyik bobo. Zulfizar bilan Avazxon

2. Urugʻdoshlik tuzumi davrida vujudga kelgan odat; oʻldirilgan shaxs uchun olinadigan qonli oʻch.

  1. Qoʻyvor, deyapman senga Bari bir ukamning xunini olaman Qoʻyvor, qayoqqa sudrayapsan! Yoshlik

  2. Ulikni tobutga solayotganda, xizmatkorlardan bittasi: — Bu odamxoʻrlarni qoziga berib, bechora goʻdakning xunini olish kerak, — dedi. Oydin, Hazil emish

3. Umuman, oʻldirilgan kimsa, yoʻqotilgan yoki tortib olingan narsa uchun toʻlanadigan haq; tovon.

  1. — Tom tagida qolib oʻlsak, san bilan maning xunimni ulardan kim daʼvo qiladi?— qaygʻuli tovush bilan dedi Oʻroz. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Oʻlgan sigir qoziniki boʻlsa, nima qilish kerak? — Suzgan sigir egasidan xunini toʻlatib olish kerak, — dedi afandi. Latifalar

xun soʻzi qatnashgan jumlalar:

Jigari (yoki bagʻri, yuragi) xun boʻlmoq

Biror narsadan qattiq taʼsirlanib iztirob chekmoq, ruhan qattiq ezilmoq.
  1. — Onamga bildirmanglar, — dedi ayol bagʻri xun boʻlib. A. Nurmurodov, Urush bevalari

  2. Yolgʻiz seni, men yolgʻiz kutdim, Kuta berib xun boʻldi jigar. R. Parfi

  3. [Abdulaziz] Shu vaqt ichida qancha foydadan qolganini ham taxminan hisoblab koʻrib, yuragi xun boʻlib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy

Xun boʻlmoq

Ruhan qattiq ezilmoq.
  1. Yigʻlayverib, xun boʻlib ketdim, deb yozgan edi Mastura. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi

Xun yigʻlamoq

Ezilib yigʻlamoq.
  1. [Qoʻngʻiz bola] Ariqdan oʻtolmay, yigʻlamoqda xun, Koʻz yoshi yuzini yuvibdi butun. S. Abduqahhor

Xun dovlamoq

Qonli oʻch olishni talab qilmoq.
  1. Xun dovlayman, nima javob berasan, Bolalarim nobud boʻlgan — bilasan. Alpomish

Otasining xunini soʻramoq

Biror narsa uchun haddan ziyod pul yoki haq soʻramoq, biror narsaga juda qimmat baho qoʻymoq.

Xunini toʻlamoq

1. Oʻldirgani uchun tovon toʻlamoq.
  1. Agar qoʻlga kelsa Boysunning xoni, Oʻldirsam, toʻlanar oʻgʻlimning xuni. Alpomish

2. Biror narsa qiymatini toʻlamoq.
  1. Hazratning nomlariga dogʻ tushmasin uchun shariat amriga muvofiq sizga xun toʻlanadi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi


XUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ХУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
10963
So‘zning teskari yozilishi
nux
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

xun so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, xun so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+