Izoh.uz saytida yet so‘zining izohi va ma’nolari

yet

1. Yurib, yoʻnalib, maʼlum bir yerga, joyga, manzilga borib olmoq.

  1. Haydar ota Koʻtarmaga xuftondan keyin yetdi. A. Qahhor, Asror bobo

  2. Eshik oldiga yetganida, negadir oʻzining ham oʻsha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Quvib, tenglashib olmoq.

  1. Oshiqmagan quyonga yetibdi. Maqol

  2. Qistasa ham, yetolmaydi bedovlar. Malikayi ayyor

3. Joʻnatilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi biror joyga bormoq (ovoza, gap, xat-xabar va shu kabilar haqida).

  1. Bu xabar bizgacha yetib keldi. Bu gap uning qulogʻiga yetmasin.

  2. Hay deganda, haqqa yetgay nolishim. Malikayi ayyor

4. Boʻy, hajm, miqdor, daraja jihatidan boshqasiga teng boʻlmoq, tenglashmoq, barobar kelmoq.

  1. Devor oʻlguday baland-da, boʻyi yetmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Borakallo, goʻsht toʻgʻrashda senga yetadigani yoʻq K. Yashin, Hamza

5. Taʼmin etadigan, kifoya qiladigan miqdorda boʻlmoq.

  1. Joy hammaga yetadi. Oz boʻlsa yetar, koʻp boʻlsa ketar. Maqol

  2. Qandoq qilay, oʻrtoqjon, boshqa ishlarni yigʻish-tiray desam, oylik yetmaydi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

  3. Saroydan tushadigan hadyalarni bir oy toʻplaganda, toʻrt qadoq etga yetmaydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

6. Muvaffaq, muyassar boʻlmoq; erishmoq.

  1. Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga, yomon bilan yurdim — qoldim uyatga. Maqol

  2. Qani endi, dunyoda vafo boʻlsa, har kim tilagiga yetsa. A. Qahhor, Shohi soʻzana

7. Kifoya qilmoq.

  1. Onang bechoraga otangdan ikkita sagʻir bilan qolib, koʻrgan kunlari ham yetadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  2. Qoʻy endi, oʻzimning qiynalayotganim ham yetadi. N. Safarov, Sharqtongi

8. Maʼlum bir yoshgacha yashab bormoq, umr koʻrmoq.

  1. Otam saksonga yetdi.

  2. Oltmish toʻrt yoshga yetdim, oʻgʻlim-qizim boʻlmadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

9. Kelmoq; boshlanmoq.

  1. Vaqti yetdi. Kuni yetdi.

  2. Kunlar oʻtdi, vaʼdaning muddati yetdi. U. Ismoilov, Saylanma

10. Talab, meʼyor darajasida boʻlmoq.

  1. Qilichning ishlovi yetgan, Teggan omon qolmasin deb, Zaharning suvini yalatgan. Malikayi ayyor

11. koʻm. fl. vzf. Yetakchi feʼldagi harakatning oxirigacha, tugal bajarilishi maʼnosini bildiradi.

  1. Yoʻq, hali anglab yetganingizcha yoʻq. N. Safarov, Uygʻonish

  2. Ota-onasiga oʻz soʻzini oʻtkazishga Saidiy ishonib yetmadi. A. Qahhor, Sarob

yet soʻzi qatnashgan jumlalar:

Aqli yetmoq

Boshiga yetmoq

Boshi koʻkka (yoki osmonga) yetmoq

Boʻyi(ga) yetmoq

Koʻzi yetmoq

Nima yetsin

Hech narsa teng kelolmaydigan ish, narsa va shu kabilar haqida aytiladigan ibora.
  1. Ehe, kitob oʻqishga nima yetsin. P. Tursun, Oʻqituvchi

Ogʻzi qulogʻiga yetdi

Pichoq suyakka yetdi

Tagiga yetmoq

Qoʻli yetmoq


YET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11533
So‘zning teskari yozilishi
tey
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yet so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yet so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+