Izoh.uz saytida yoʻqot so‘zining izohi va ma’nolari

yoʻqot

1. Yoʻq qilmoq.

  1. Bularni tag-tugi bilan yoʻqotmagunimizcha, bizga tinchlik yoʻq. Oybek, Ulugʻ yoʻl

2. Muayyan maqsadga monelik qiladigan toʻsiqni olib tashlamoq; barham bermoq.

  1. Savodsizlikni yoʻqotmoq.

  2. Turmushimizda bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bemaʼni ishlarni yoʻqotaylik Oybek, Tanlangan asarlar

3. Ixtiyorsiz holda tegishli narsasini yoʻq qilmoq, nazar-eʼtiboridan qochirmoq.

  1. Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi. Maqol

  2. Ustod Qavom, Najmiddin ketganidan soʻng, koʻngli boʻm-boʻsh boʻlib qolib, bir nima-sini yoʻqotgan odamdek gangib yurdi. Mirmuhsin, Meʼmor

4. koʻchma Ajralmoq, mahrum boʻlmoq; ayrilmoq, judo boʻlmoq.

  1. Gulandom yolgʻiz goʻzal-gina emas, balki aqli va insoniy gʻururini hali jilla yoʻqotmagan xotin kabi tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Jangda oʻz safdoshlaridan bir nechtasini yoʻqotdi. Gazetadan

5. Kuchdan qolmoq, yoʻqqa chiqmoq.

  1. Qonunning 26-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

yoʻqot soʻzi qatnashgan jumlalar:

Aqlini (yoki esini, hushini, es-hushini) yoʻqotmoq

Toʻgʻri fikrlash, anglash holatini yoʻqotmoq, gangib qolmoq.
  1. Temirjon esa qadah urishtirish u yoqda tursin, aqlini yoʻqotib, nima boʻlayotganiga ham tushunmas, xomush oʻtirardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

  2. — Voy, esim qursin, sizlarni koʻrib, esimni ham yoʻqotib qoʻydim, — dedi onasi tashqariga intilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Bir lahza es-hushini yoʻqotib, esankirab turdi-da, keyin. K. Yashin, Hamza

Gapini (yoki soʻzini) yoʻqotmoq

Gap-soʻzidan adashmoq, nima gapirishni bilmay qolmoq.
  1. Yigit gapini yoʻqotib chaynaldi. Qizga, yalingandek, javdirab qaradi. S. Ahmad, Ufq

  2. Notiq toʻsatdan qattiqroq tanqid qildim, shekilli degan andishaga borib, soʻzini yoʻqotib qoʻydi. A. Qahhor, Notiq

Oʻzini yoʻqotmoq

Biror ish-harakat, gap-soʻz va shu kabilarda meʼyoriy holatini yoʻqotmoq, gangib, esankirab qolmoq.
  1. Oʻzlarini yoʻqotib qoʻygan duo-xon-doyalar bu salobatli kishini koʻrib, turgan joylarida qotib qoldilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  2. Qasam ruhi bilan gʻayratlanib kelgan yigit bu yerdagi ahvolni koʻrib, oʻzini yoʻqotib qoʻydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi


YOʻQOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЙЎҚОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11692
So‘zning teskari yozilishi
toqʻoy
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yoʻqot so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yoʻqot so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+