Izoh.uz saytida yop so‘zining izohi va ma’nolari

yop

1. 1 Eshik, deraza va shu kabilarni bekitmoq.

  1. Kiradigan eshigingni qattiq yopma. Maqol

  2. Mirhomidxoʻja ogʻilning eshigini sekin yopdi-da, imo bilan Qambaralini bir chekkaga chaqirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. [Polvon] Ostonaga borganda: — Qolganini uyda olasan, — dedi-yu, eshikni qarsilla-tib yopib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Otliq ayol

2. Ustiga tashlamoq, ustini bekitmoq.

  1. Choʻli bobo uyiga kirib, bir yangi pochapoʻstin olib chiqib, Meʼmorning yelkasiga yopdi. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Qopqoq bilan bekitmoq, qopqoqlamoq.

  1. Choynakning qopqogʻini yopmoq

  2. Ahmad uyiga kirib borganida, Munira qish gʻamini yeb, achchiq-chuchukdan shisha bankalarga konserva yopayotgan ekan. F. Musajonov, Himmat

4. Ish-harakatini, faoliyatini toʻxtatmoq.

  1. Doʻkonni yopmoq. Majlisni yopmoq.

  2. Xivadek kichik bir qalʼada oltmishdan or-tiq qorixona na kerak?Ularning bir qismini yopmoq lozim. S. Siyoyev, Avaz

  3. Abdusamadqori samovarini yopib, menga javob berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

5. Ochiq, yoziq narsani yigʻmoq, bekitmoq.

  1. Daftarni yopmoq.

  2. Ahmad varaqning uchini buklab, jurnalni yopdi. F. Musajonov, Himmat

  3. Raʼno kitobni sekingina yopib, Anvarga uzatdi A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  4. Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi. S. Zunnunova, Yangi direktor

6. Qurmoq, bino qilmoq.

  1. Shuning uchun [Xudoyorxon] mehnatkashni rahmsiz ishlatib, saroy va rastalar, qalandarxona va oʻrdalar yopmoqda edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

7. Qoplamoq, egallamoq.

  1. Shahodat mufti qariyb butun koʻkragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqolini qalam bilan taradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

8. Yashirmoq, maxfiy tutmoq.

  1. — Mabodo oblast gazetasiga ham kelib qolgudek boʻlsa, bu yogʻini yopamiz-qoʻyamiz-da, — dedi Halim. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  2. Shu yoʻl bilan siringni yopmoqchi boʻldingmi? [dedi Oʻrmonjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

yop soʻzi qatnashgan jumlalar:

Esing borida etagingni yop

Vaqt-gʻanimatni qoʻldan berma, xatoning oʻz vaqtida oldini ol.
  1. — Esing borida etagingni yop. Menga yigit boʻl! — dedi Xolxoʻja Boʻtaga. S. Ahmad, Hukm

Tayyorlamoq, pishirmoq.

  1. Non yopmoq.

  2. Eʼtibor opa uy yumushi bilan band boʻladi: non yopadi, oʻgʻir yanchadi. H. Gʻulom, Mashʼal

  3. U qayroq bugʻdoy unidan yogʻli patir, somsa yopdi, qatlama pishirdi. I. Raxim, Chin muhabbat


YOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЁП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11858
So‘zning teskari yozilishi
poy
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yop so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yop so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+