Izoh.uz saytida yoq so‘zining izohi va ma’nolari

yoq

1. 1 Yondirib, oʻt, alanga hosil qilmoq, yondirmoq; kuydirmoq.

  1. Qogʻoz yoqmoq. Axlatni yoqib yubormoq.

  2. Hovliga olov yoqib, childirmangni qizit. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. [Salimboyvachcha] Aravaga oʻtirmasdan burun gugurt yoqib, papiros tutatar ekan, Yormatga koʻzi tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  4. Qozi, kallasi ezilgan ilonday toʻlgʻanib, ellikboshiga qichqirdi: — Sindir hamma-sini! Tashqariga chiqar! Yoq, oʻt qoʻy! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

2. Nur, yolqin hosil qilmoq, yoritmoq.

  1. Elektrni yoqmoq.

  2. Nikolin qoʻl fonarini yoqib, begona hamshira bilan birga yarador komandirga yordam koʻrsatishga kirishdi. Oybek, Quyosh qoraymas

  3. Zubayda sham yoqdi. Yoshlik

3. Oʻt, olov yordamida qizdirmoq, isitmoq.

  1. Plita yoqmoq. Pechka yoqmoq.

4. Qizdirib harakatga keltirmoq; oʻt oldirmoq.

  1. Motorni yoqmoq. Traktorni yoqmoq.

yoq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Jonini yoqmoq

folk. Hayajonga solmoq; ishq oʻtida kuydirmoq.
  1. Shu elatda bir bola bor, Bay-bay, jonimni yoqadi. Oq olma, qizil olma

Urush olovini yoqmoq

Chirogʻini yoqmoq

Ishini davom ettirmoq.
  1. Boshqa farzandim yoʻq, xudo umr bersin, ishqilib, chirogʻimni oʻsha yoqsin. Oybek, Tanlangan asarlar

Yuragiga (yoki qalbiga) oʻt yoqmoq

Hayajonga solmoq, toʻlqinlatmoq; ruhlantirmoq.
  1. Vodiyning manman degan raislari yuragiga oʻt yoqqan kishi Polvon aka Qozoqov boʻladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  2. Umid oʻsha qalbiga oʻt yoqqan qizga tikilib qoldi. Mirmuhsin, Umid

1. Maʼqul boʻlmoq; did, xohish, koʻngilga toʻgʻri kelmoq.

  1. Ashulaning kuyi menga yoqdi.

  2. Qosimbek yalt etib Avazga boqdi. Unga bu yigitning oʻzini erkin, hatto jinday magʻrur tutishi yoqdi. S. Siyoyev, Avaz

  3. Oʻtmish haqidagi ikkinchi roman esa juda yoqdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv

  4. [Dilshodning] Bu qiligʻi Yodgorga yoqmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Mijozga toʻgʻri kelmoq.

  1. Menga xamir ovqat yoqmaydi.

  2. [Kumush] Yoqmaydigan hech narsa yegani yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

yoq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Jiniga yoqmaydi

Yomon koʻradi, xushlamaydi.
  1. Sattorqul akang uyni tuzattirib bermoqchi. Mayli, oʻshanda tokcha jiniga yoqmasa, shuvatib tashlay qolsin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Koʻngliga yoqmoq

Diliga, didiga mos kelmoq.
  1. Yulduzxon uchun kutilmagan, ammo ayni muddao boʻlgan, koʻngliga yoqib tushgan tasodif dugonalari orasida shu zahotiyoq shivir-shivir, mish-mishlarni boshlab yubordi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

Ogʻziga yoqmadi

Mazasini xush koʻrmadi, sezmadi.
  1. Sidiqjon bir piyola choyni, xuddi ugra osh ichganday, uzun-uzun hoʻplab ichdi-da, choy ogʻziga yoqmasa ham, bir oz taʼbi ochilganday boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Xush yoqmoq

Qadami yoqmadi

Kelishi sharofatli boʻlib chiqmadi, yaxshilik keltirmadi.
  1. Ayrim odamlar oʻrtasida Kolxozimizga Sherbekning qadami yoqmadi degan shivir-shivir gap yura boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy

  2. Mening qadamim yoqmabdi [dedi Said]. E. Raimov, Ajab qishloq


YOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11886
So‘zning teskari yozilishi
qoy
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yoq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yoq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+