Izoh.uz saytida yorqin so‘zining izohi va ma’nolari

yorqin

1. Yorugʻ, yogʻduli, nurli; tiniq.

  1. Yorqin kun.

  2. Quyosh chiqib, anhor yoqasidagi tollarni oltinlatgan, toza, yorqin havo koʻzni qamashtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Yorqin koʻklam kunlarining birida Oʻtar jamoadan uyiga odatdagidan barvaqtroq qaytib, ertasi kun maktab ochilishini xabar qildi. H. Gʻulom, Mashʼal

2. Aniq, ravshan, yaqqol.

  1. Ahmad Husayn uzoq soʻzladi, dehqonlarning hayotini yorqin, chuqur tafsilli hikoya qildi. Oybek, Nur qidirib

  2. Hamid Olimjonning butun ijodida kishilar obrazi yorqin talqin etilgan. N. Safarov, Olovli izlar

  3. Romanda shahar tasviri ham togʻ qishloqlarining goʻzal manzaralari ham yorqin ifodalangan. S. Karomatov, Oltin qum

3. koʻchma Baxtiyor, baxtli; nurafshon.

  1. Yorqin hayot.

  2. Hayot har qachondan koʻra koʻrkam va yorqin edi. Shuhrat, Shinelli yillar

  3. Bundan tashqari, u totuv va sogʻlom ishchi oilasida oʻsib, koʻp yorqin damlarni boshdan kechirgan, shuning uchun ham qiyofasi nurga serob edi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. Taʼsirchan, esda qolarli; oʻlmas, oʻchmas.

  1. U [Yusufjon qiziq] oʻzining yorqin va oʻziga xos talanti bilan oʻtkir hajv yordamida baxtli hayot qurishda oʻzbek xalqiga toʻsqinlik qilgan kuchlarni qahr-gʻazab bilan fosh qildi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  2. Joʻraxonning qahramonligi, jasorati, yorqin xotirasi, ishlari qalblarda, hayotda abadiy qoladi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi

5. Yorqin (erkak va xotin-qizlar ismi).


YORQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЁРҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11911
So‘zning teskari yozilishi
niqroy
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing
yorqin so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yorqin so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+