Izoh.uz saytida yozil so‘zining izohi va ma’nolari

yozil

1. 1 Yozmoq I 1, 2, 3 feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.

  1. Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Oyogʻing yoʻlga tushsak, yozilib ketadi. A. Qahhor, Xotinlar

  3. Gulsapsar, jambillaring yozilgan qat-qat. Gʻayratiy

  4. Kun botish tomondan osmonga pushti qizil shuʼla yozilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

2. Xursand boʻlmoq, kayfiyati koʻtarilmoq; charchoqni tarqatmoq, tashvishni yoʻqotmoq, yayramoq.

  1. Onaning gina-kudurati saraton yomgʻiridek tez oʻtib boʻlgan edi. U yozilib, qizi bilan ovqatlandi. Shuhrat, Shinelli yillar

  2. Ashur Mirzo qizining otini eshitish bilan yozilib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Endi bir shaharga tushib, uch-toʻrt kun yozilib kelsam juda-juda siqilib ketdim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

3. Bemalol oʻtirmoq, oʻzini erkin tutmoq.

  1. [Mehri:] Dissertatsiya ham bor boʻlsin. Kelganiga yarim oydan oshdi-yu, yozilibgina bir dam olmabdi! O. Yoqubov, Pyesalar

  2. Bemalolroq yozilib oʻtiring! Zap koʻchib keldingiz-da! Sizni zeriktirmaymiz. H. Gʻulom, Mashʼal

4. Tahorat olmoq, boʻshalmoq.

  1. Otamurod yozilib kelib, bir haftadan beri birinchi marta paqirdagi quduq suvidan soqol bosib ketgan yuzini pishib-pishib yuvib, bir maza qildi. M. Mansurov, Yombi

yozil soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻngli (yoki yuragi) yozilmoq

Kayfiyati yaxshi boʻlmoq.
  1. — Ikki ogʻiz gaplashsa, aqalli oʻzini koʻrsa ham, koʻngli yoziladi-ku, — dedi Sherbek. S. Anorboyev, Oqsoy

  2. Yuraging yozil-sin, deb tomoshaga olib kelyapman [dedi Otamirza]. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin

1. Yozmoq II feʼlining majhul va oʻzlik nisbatlari.

  1. Xat yozildi. Hikoya yozildi.

  2. Anvar qoʻlidagi yozilgan qogʻozni qoʻyib, ikkinchi oq qogʻozni oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  3. Shogird adreslar yoziladigan daftarga imo qildi. T. Ashurov, Oq ot

2. Atalmoq, bagʻishlanmoq.

  1. — Sheʼr bizga yozilmay, kimga yozilgan boʻlsin axir, — dedi Joʻraxon. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi

  2. — Mana shu ashula siz uchun yozilgan — Alimardonning ovozi negadir titrab ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Aʼzo boʻlmoq, qoʻshilmoq.

  1. Boʻtaboy partizan otryadiga koʻngilli boʻlib yozildi. S. Ahmad, Hukm

  2. Inobat tavakkal qilib, beruxsat yozilib kelaversinmi mexanizatorlikka? Yoʻq, bu onaning raʼyiga qarshi borish-ku! Oʻzbekiston qoʻriqlari

  3. Bir emas, oʻn balosi boʻlsa-da, men shirkatga yozilmoqchiman. S. Siyoyev, Yorugʻlik

4. Bayon qilinmoq, ifodalanmoq.

  1. Maqola ommabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi. F. Musajonov, Himmat

yozil soʻzi qatnashgan jumlalar:

Peshonasiga yozilgan

Taqdirida bor.
  1. U [Yoʻlchi] hali ham kambagʻal “begona qizni yodlar, hali ham uning boshini U kimning qizi? Uni yana bir koʻrish peshonamga yozilganmikan? kabi savollar band qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar


YOZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЁЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
11998
So‘zning teskari yozilishi
lizoy
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yozil so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yozil so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+