Izoh.uz saytida koʻch so‘zining izohi va ma’nolari

koʻch

1. Yashash joyidan ketmoq, boshqa yashash joyiga oʻtmoq.

  1. Olovni kovlasang — oʻchar, qoʻshnini kovlasang — koʻchar. Maqol

  2. U [Nuri] Yormat oilasining boqqa koʻchib ketganini eshitib, afsus qildi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Bu yerdan hech qachon koʻchmayman, sen ham koʻchmaysan. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

2. Umuman, oʻrni, manzili va shu kabilardan boshqasiga oʻtmoq, jilmoq, ketmoq.

  1. Bu yil qizim beshinchi sinfga koʻchadi.

  2. Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qoʻndi chiroyli gulga. Shoxdan-shoxga koʻchadi nuqul, Kuyi rohat berar koʻngilga. I. Muslim.

  3. Kuz kirib, ularning uchrashuvlari ishxonaga koʻchgan dastlabki kunlar Yoshlik

3. koʻchma Mavzuni, harakatni, yashash yoki ishlash tarzini oʻzgartirmoq, boshqasiga oʻtmoq.

  1. Xadicha xolaning bas, qiynama degan mazmunda koʻz qisishini koʻrib, boshqa gapga koʻchdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

4. Yopishgan, birikkan joyidan ajramoq.

  1. Uning [masjidning] baland va siri koʻchib ketgan eski ustunlik ayvonida uch-toʻrt namozxon oʻtirishibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Ovoz lampochkasining ostidagi qoʻrgʻoshinlar koʻchib ketibdi, yangidan yoʻpishtirdi. T. Ashurov, Oq ot

koʻch soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yengil (yoki oson) koʻchmoq

Qiyinchiliksiz hal boʻlmoq, amalga oshmoq.
  1. Nima boʻlgan-da ham, koʻnglining bir chekkasini kirlatib yotgan bu ota-ona orzusi, bir tomondan qaralganda, juda yengil koʻchgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Bu ish ham xamirdan qil sugʻurgandek oson koʻchdi. M. Qazratqulov, Jurʼat

Ogʻir (yoki qiyin) koʻchmoq

Qiyinchilik bilan sodir boʻlmoq; qiyin hal boʻlmoq; ogʻir sharoitda oʻtmoq.
  1. Bu yil ish yana ancha ogʻir koʻchadiganga oʻxshaydi-a. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar

  2. Ayniqsa, qish bilan olishish juda-juda qiyin koʻchibdi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar


KOʻCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

КЎЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
18365
So‘zning teskari yozilishi
hcʻok
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

koʻch so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, koʻch so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+