Izoh.uz saytida oʻtkir so‘zining izohi va ma’nolari

oʻtkir

1. Yaxshi kesadigan; keskir.

  1. Oʻtkir qaychi. Oʻtkir ustara. Oʻtkir pichoq.

  2. Ali tajangning koʻzlari yana oʻynab ketdi. Qani, qoʻlida oʻtkir boltasi boʻlsa-yu, eng adil bir daraxtni kesib, yelkaga olib joʻnasa! Oybek, Quyosh qoraymas

  3. Mutalning birinchi harakati boʻshga ketdi-da, chap biqiniga oʻtkir xanjar gʻarchcha botirildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

2. Uchi nayzalangan; uchli.

  1. Oʻtkir bigiz. Oʻtkir nayza. Oʻtkir uchli qalam.

3. Taʼm bilish, hidlash, eshitish va boshqalar sezgi aʼzolariga kuchli taʼsir etadigan, kuchli.

  1. Oʻtkir ovoz. Tuzi oʻtkir ovqat. Quyoshning oʻtkir nuri kuydirmoqda.

  2. Bu ariqchalar boʻyida oʻtkir hidli qoramtir yalpizlar oʻsgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  3. Achchiq, oʻtkir tamakidan boshi gir aylanib, koʻzlari yoshlandi-da, yoʻtala-yoʻtala yurib ketdi. Oybek, Nur qidirib

  4. Och qoringa tushgan oʻtkir may viz ettirib, meʼdani qaynatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. koʻchma Ruhiy va boshqalar jihatdan taʼsir darajasi, kuchi yuqori; kuchli.

  1. Oʻtkir asar.

  2. Oʻtkir hajviy kulgi bilan sugʻorilgan bu gaplar OʻTA

  3. Sharif Rizayev oʻzining oʻt-kir, tanqidiy, hujumkor maqolalarida eskilik sarqitlarini ayovsiz tanqid qildi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari

5. Qobiliyatli, imkoniyati yuqori darajali.

  1. Aqli oʻtkir. Zehni oʻtkir.

  2. Gilamlarga oʻzgacha joziba bagʻishlagan qizlarning chevar qoʻllari, oʻtkir koʻzlari, nozik didlari Saodat

  3. Nizomiddinovning qulogʻi oʻtkir edi. Tevarak atrofni butun vujudini quloq qilib eshitar edi. N. Safarov, Olovli izlar

6. Kasb-hunar, bilim va shu kabilarda yuqori darajaga ega boʻlgan, yuqori saviyali; kuchli.

  1. Yusufjon aka Fargʻona vodiysining eng oʻtkir oʻyinchi ustozlaridan koʻp raqslarni oʻrgangan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

  2. Botirali toʻqay oralab borar ekan, garchand oʻzi oʻtkir ovchi boʻlsa ham, ana shunday ov gashtini oʻylamadi. H. Gʻulom, Mashʼal

  3. — Bu masterovoylaring juda oʻtkir xalq boʻlar ekan-da? — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar

7. Oʻtkir (erkaklar ismi).


OʻTKIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЎТКИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
22338
So‘zning teskari yozilishi
riktʻo
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

oʻtkir so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, oʻtkir so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+