Izoh.uz saytida qopla so‘zining izohi va ma’nolari

qopla

1. Ustini yoki hamma yogʻini qamramoq, burkamoq, bosmoq.

  1. Koʻk yuzini bulut qopladi. Xonani tutun qopladi. Butun borliqni qorongʻilik qopladi.

2. Sathini, yuzasini, betini egallamoq; band qilmoq.

  1. Suv betini muz qopladi. Qirlarni yam-yashil maysalar qopladi. Dalalarni qor qopladi.

  2. Ustini qovjiroq oʻtlar, sargʻish qamishlar qoplagan koʻhna qabrlar aro kezdi. S. Siyoyev, Avaz

3. koʻchma Qamrab, egallab olmoq (mavhum narsalar haqida).

  1. Uning boshini turli fikrlar, rejalar qopladi. Oybek, Navoiy

  2. Murodning qalbini xijolat aralash sevinch qopladi. T. Ashurov, Oq ot

  3. Eʼzozxonning koʻnglini allaqanday shubhalar, sovuq vahimalar qoplab, oʻzini behol sezdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  4. Qiz butun vujudini toʻsatdan qoplagan ogʻriq bilan onasini xotirlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Biror narsa sirtini, betini, ustini boshqa narsa bilan oʻramoq, sirtiga, betiga, ustiga boshqa narsa sirmoq, yopishtirmoq, toʻshamoq, yotqizmoq.

  1. Devorga marmar plitalar qopladik. Divanga duxoba qoplamoq. Yoʻlni asfalt bilan qoplamoq.

5. Toʻsmoq, berkitmoq; egallamoq.

  1. Qoʻli bilan ogʻzi-burnini qoplamoq.

  2. Safarov supadagi kigizni tortib, alanganing ustini qopladi-da, yugurib, tashqariga chiqdi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi

  3. Eshik ochilib, barzangiday yigit chiqdi, gavdasi bilan eshikni qopladi. Oybek, Tanlangan asarlar

  4. Moʻysafid domla butun devorni qoplagan katta doskaga temalarni yozishga kirishdi. O. Yoqubov, Muqaddas

6. Talab, ehtiyojga yetarli boʻlmoq.

  1. Ularning topgan pullari roʻzgʻor ehtiyojini zoʻrgʻa qoplardi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy

  2. Yashinning daromadi ehtiyojimizni qoplamasdi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman

7. koʻchma Yoʻqotilgan yoki yetishmaydigan narsa oʻrniga oʻrin boʻlmoq, oʻrnini toʻldirmoq, bosmoq.

  1. Zararni qoplamoq. Qarzni qoplamoq.

  2. Dehqonning ming mashaqqat bilan ekib olgan hosili xarajatni qoplay olmasdi. N. Safarov, Olovli izlar

  3. Shuning uchun butun chiqimini qoplaydigan davlat toʻplamasa boʻlmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi

qopla soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻrpa qoplamoq

1. Koʻrpa tikmoq, koʻrpa tayyorlamoq.
  1. Toʻy uchun yangi koʻrpalar qoplamoqchi boʻladilar, partoʻshaklar olmoqchi boʻladilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar

2. Koʻrpaning avra-astari orasiga paxta solmoq.
  1. Unsin xola qizining uch yangi koʻrpasini qop-lab, qaviqdan chiqardi. A. Hayitmetov, Unsin xola

Yuziga (yoki betiga) charm qoplamoq

Qopga solmoq, qopga joylamoq.

  1. Bugʻdoy qoplamoq.

  2. Bu kishilar sabzi kovlab, qoplamoqda edilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola


QOPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚОПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25726
So‘zning teskari yozilishi
alpoq
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qopla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qopla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+