Izoh.uz saytida usta so‘zining izohi va ma’nolari

usta

1. Biror kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi malakali mutaxassis.

  1. Soatsoz usta. Etikdoʻz usta. Tikuvchilik ustasi. Ish ustasidan qoʻrqar. Maqol

  2. Bu binoni kim qurgan, Koʻk bilan ulashtirib? Qomatin zab oʻxshatgan Ustasi kelishtirib. Q. Muhammadiy

  3. [Uylagan:] Ogʻil solgan ustalarga doim qarashdim, lekin birovdan bir chaqa soʻraganim yoʻq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Maʼlum kasb yoki hunarni egallashga oʻrgatuvchi shaxs; rahbar, ustoz.

  1. Usta koʻrmagan shogird har maqomda yoʻrgʻalar. Maqol

  2. Ustaning shogirdi — oʻn toʻrt yashar Yoʻldosh deraza oldida oʻtirardi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Aka-uka usta qoʻlida uch yil ishlashdi Mirmuhsin, Meʼmor

3. Shunday shaxslarni bildiruvchi soʻzlarga (shaxsning ismi yoki buva, amaki kabi soʻzlarga) qoʻshib ishlatiladi.

  1. Qishloq chekkasida usta Abduvahob degan, Ashtdan koʻchib kelib qolgan tojik yashaydi. T. Ashurov, Oq ot

  2. Usta boboning kayfi chogʻ edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  3. Usta amaki, mundan xalat tikib bersangiz. Guldasta

4. Biror ish, sohaning mashhur, mohir bilagʻoni; mohir.

  1. Badiiy soʻz ustasi. Yuqori hosil ustalari. Sanʼat ustalari.

5. Sportning u yoki bu sohasida maʼlum natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilarga beriladigan unvon va shu unvonga ega boʻlgan shaxs.

  1. Sport ustasi. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

6. Epchil, chechan.

  1. Marasul aka, koʻk piyoz toʻgʻrashga ustasiz A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

  2. Gapga ham usta ekansiz Mirmuhsin, Meʼmor

  3. Maynabozchilik qilishga usta edi Rahim aka. F. Musajonov, Himmat

usta soʻzi qatnashgan jumlalar:

Usta solmoq

Usta, mutaxassis yollab ishlatmoq.
  1. Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq gʻayrat qilib, hash-pash deguncha yogʻoch, somon, boʻyra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari


USTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

УСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
9700
So‘zning teskari yozilishi
atsu
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

usta so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, usta so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+